«Real» rossiyalik futbolchining transferi borasida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Madridning «Real» klubi Moskvaning "Dinamo" va Rossiya terma jamoasi a'zosi Arsen Zaxaryanning transferi borasida ish olib bormoqda.
Rossiya matbuotining yozishiga qaraganda, ushbu bitimda "Real"ning sobiq sport direktori Predrag Miyatovich, sebriyalik agent Srdjan Eremich va Luka Modrichning vakili Vlado Lemichlar ish olib borishmoqda. Noyabr oyining boshida Lemich va Eremichlar Moskvaga tashrif buyurishdi va Jelko Buvach bilan muzokara olib borishgan.
«Madridliklar Zaxaryanning transferini 2022 yilning yozida amalga oshirishmoqchi. Katta ehtimol bilan "Real" ushbu xaridni amalga oshirgach, futbolchini "Dinamo"ga bir yil muddatga ijaraga beradi. Transfer narxi 20 million evro atrofida bo'ladi. Bonuslar bilan birga 25 million evroga amalga oshishi mumkin», — dedi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotgan manba «Chempionat» nashri bilan suhbatda.
Joriy mavsum 18 yoshli Zaxaryan 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
379