«Navbahor» yangi futbolchilari taqdimotini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 979
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda “Navbahor” PFKning 2019 yilgi mavsumdaCoca Cola Superligasida jamoa sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozarov ishtirok etdi va o'tgan yili jamoa 3-o'rinni egalalganligi, bu yaxshi natija bo'lganligi borasida to'xtaldi hamda bunda muxlislarning ham hissasi katta ekanligini ta'kidladi.
Joriy mavsumda darvozabon O'tkir Yusupov - 1, yarim himoyachi Azimjon Ahmedov - 7, himoyachi G'iyos Komilov - 55, himoyachi Obid Jo'raboev - 15, yarim himoyachi Zafar To'raev - 90, hujumchi Aziz Ibragimov - 4, himoyachi Slavko Lukich - 5, hujumchi Aleksandr Kasyan - 11, yarim himoyachi Ivan Solovyov - 9, yarim himoyachi Abdujamol Isroilov 30, yarim himoyachi Shahzod Shaymanov - 8, hujumchi Bahodir Nasimov - 14, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Abbos G'ulomov - 70 va himoyachi Hojiakbar Yunusov - 29 - raqamlarda to'p suradigan bo'lishdi.