"Atalanta" himoyachisi jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Atalanta" himoyachi Matteo Lovatoni "Kalyari"ga ijaraga berishga rozi bo'ldi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, klublar o'rtasidagi shartnoma tuzish uchun uchrashuv dushanba yoki seshanba kuni bo'lib o'tishi kerak.
Avvalroq "Kalyari" 21 yoshli italiyalik futbolchini yanvarda jamoani tark etadigan Diego Godinga o'rinbosar sifatida ko'rayotgani xabar qilingandi.
2021/22 yilgi mavsumda Lovato "Atalanta" tarkibida 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 7 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419