APL. «Tottenxem» — «Kristal Pelas» o'yini qoldirilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Angliya premer-ligasining 19-turidan o'rin olgan «Tottenxem» va «Kristal Pelas» jamoalari o'rtasidagi o'yin mehmon jamoa safida koronavirusning tarqalishi avj olgani uchun boshqa muddatga qoldirilishi mumkin. Bu haqda "Football London" xabar tarqatdi.
Ushbu bahs bugun — 26 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tishi kerak edi. «Kristal Pelas» ayni paytda APLning qarorini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur turdan o'rin olgan «Vulverxempton» — «Uotford», «Liverpul» — «Lids» va «Byornli» — «Everton» bahslari boshqa muddatga qoldirilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427