"Latsio" hujumchisi Turkiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

“Latsio” hujumchisi Vedat Muriki Turkiya chempionatiga qaytishi kutilmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, italiyalik 27 yoshli futbolchini "burgutlar" "Galatasaroy" himoyachisi Patrik van Anxoltga almashtirmoqchi.
Oldinroq Murikining 2020 yilda "Fenerbaxche"dan 20 million evro evaziga "Latsio"ga o'tgani "La Gazette Dello Sport" talqiniga ko'ra yilning eng yomon transferlari qatoriga qo'shilgan edi.
Rimliklar hujumchining o'rniga "Bude-Glimt" futbolchisi Erik Botxeymni olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Italiya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumida albaniyalik forvard 11 o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427