«Lokomotiv» – «Navbahor». Liboslar rangi tanlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 572
Coca Cola Superliga 2-turining markaziy uchrashuvi poytaxtimizdagi «Lokomotiv» stadionida kechadi.
Unda O'zbekistonning amaldagi chempioni – «Lokomotiv» yurtimizning yana bir grand klubi – «Navbahor»ga qarshi bahs olib boradi.
Futbol jamoatchiligi va muxlislar diqqat markazida bo'lib turgan mazkur uchrashuvni «temiryo'lchilar» jamoasi to'liq qizil rangdagi liboslarda o'tkazishadi. «Lochinlar» jamoasi esa och ko'k rangli futbolka, oq shorti hamda och ko'k getrilarda maydonga tushishadi.
Mazkur o'yin 30-mart, shanba kuni soat 19:00da start oladi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!