“Arsenal” Obameyangga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Marokashlik hujumchi Yussef En-Nesiri Ispaniya La Ligasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. “Express” nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda.
“Kanonirlar” yanvar oyidagi transfer oynasida jamoadan ketadigan gabonlik Per-Emerik Obameyangga o'rinbosar qidirmoqda. Afrikalik futbolchiga “Barselona” va Turinning “Yuventus” klublari qiziqish bildirmoqda.
Nesirining bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda. 2021/2022 yilgi mavsumda u andalusiyaliklar tarkibida o'nta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364