“Chelsi” futbolchisi “Barsa” rahbariyatini tezroq bir qarorga kelishga chaqirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Qishki transfer oynasi bir hafta ichida ochiladi va “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen hali ham kelajagi haqida bir qarorga kelmagan. Daniyalikning shartnomasi kelasi yozda tugaydi, biroq klub bilan muzokaralar tomonlar uchun juda qiyin kechmoqda.
Biroq, futbolchi Chempionlar ligasining amaldagi sohibida qolishi ehtimoli yuqori emas. Mahalliy “Sport” nashri xabariga ko'ra, Kristensen “Barselona”ga o'tishni xohlamoqda, ammo kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli futbolchini sotib olishga qurbi etmaydi.
Natijada futbolchi ispanlardan yakuniy qarorni tezroq qabul qilishni so'radi. Agar “Barselona” Kristensenni sotib olish fikridan qaytsa, u “Chelsi”ning shartlariga ko'nishga tayyor va “ko'klar” safida o'ynashda davom etishga tayyor bo'ladi.

Bosh sahifaga
361