“Tottenxem” “Milan” futbolchisi uchun kurashda favorit
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Londonning “Tottenxem” klubi “Milan” futbolchisi Frank Kessi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Ingliz nashrlarining xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda londonliklarning imkoniyati boshqalarga qaraganda yuqoriroq.
“Tottenxem” Kessiga yiliga 10 million evro va bonuslar bilan yillik maosh taklif qilmoqda. “Milan” esa Frankga “shporlar” taklif qilgan summani to'lashga qodir emas.
Frankning Milan klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Ivuarlik futbolchi “rossonerilar” bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas. Shu sabab Kessi qishda Antonio Konte jamoasiga o'tish ehtimoli yuqori.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361