Benzemani kelgusi yil mas'uliyatli vazifalar kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Karim Benzema ayni paytda Karlo Anchelottining jamoadagi asosiy yulduzi va tayanchi bo'lib qolmoqda. Frantsuz hatto, joriy mavsum «Oltin to'p» uchun laureatlar qatoriga ham kiritildi. Karim yaqinda 34 yoshga to'ldi, ammo shunda ham Evropaning eng yaxshi hujumchilari qatorida tilga olinmoqda.
Benzemaning 2022 yil uchun katta rejalari bor.
Quyida ular haqida qisqacha to'xtalamiz.
Afsonaviy Di Stefanoning natijasini yangilash
«Real Madrid» safida 582 ta o'yinda 299 gol urgan Benzema kelasi yil Alfredo Di Stefanoni (308) ortda qoldirishi mumkin. Bu bilan u klub tarixidagi uchinchi to'purarga aylanib oladi. Biroq Raul (323) va Krishtianu (451)ga etishish uchun hali biroz vaqt bor.
2. Chempionlar ligasida 5 marta g'alaba qozonish
Agar Karim va uning jamoasi joriy mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, frantsiyalik futbolchi turnirni olti marta yutgan Pako Xentodan atigi bir sovrin ortda qoladi xolos. Bu albatta, katta natija. Ushbu turnirda erkin harakat qiluvchi «Real» uchun bu borada imkoniyatlar etarli.
3. Frantsiya bilan Qatarda Jahon chempioni bo'lish
Valbuena bilan bog'liq voqealar tufayli terma jamoadan 6 yil uzoqlashgan Benzema nihoyat bu yil yana chaqiruv oldi va kelishi bilanoq jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi. Frantsiya esa Qatardagi jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri.
Terri Anrini ortda qoldirish
Benzema faoliyati davomida 400 dan ortiq gol urgan ikkinchi frantsuz to'purari bo'ldi. Uning maqsadi - Terri Anrini (411) ortda qoldirish. Hozir Karim hisobida 401 ta gol bor.
Pichichini yutish
Mavsum yakunida Karim Ispaniyaning eng yaxshi to'purariga aylanishi mumkin. Leo Messining ketishi bunga yo'l ochdi. Benzema ayni dam «Atletik»ga qarshi o'yindagi dubli evaziga 15 ta gol bilan La Liga to'purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
360