Ehsoni Panshanbe – Tojikistonning xorijda to'p tepadigan eng yaxshi futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Bugun Tojikiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda 2021 yil laureatlari aniqlandi.
“Navbahor” klubi hamda Tojikiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe TFF talqiniga ko'ra, xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi deb topildi. Mazkur sovrin uchun nomzodlar ro'yxatida Panshanbedan tashqari, Bolgariyaning “Lokomotiv” klubi a'zosi Parvizjon Umarboev hamda Belarusning “Torpedo-BelAZ” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiev ham bor edi.
Mazkur e'tirof bilan Ehsonini tabriklagan holda, unga kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373