“FourFourTwo” nashri yilning eng yaxshi murabbiyi kimligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

“FourFourTwo” nashri jurnalistlari 2021 yil yakunlarini sarhisob qilib, eng yaxshi futbol murabbiylari reytingini tuzdilar. Birinchi o'rinni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola egalladi, u o'tgan mavsumda “shaharliklar” bilan Premer-liga va Liga kubogida g'alaba qozongan.
Ikkinchi o'rinni Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel egalladi. Uning qo'l ostida “aristokratlar” Chempionlar ligasi g'olibiga aylanishdi. Top-3likni “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp yakunladi.
Shuningdek, kuchli beshlikni “Inter” bilan skudetto yutgan Antonio Konte va “Bavariya”ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda Germaniya terma jamoasida ishlayotgan Xans-Diter Flik ham joy oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373