Saloh — APLda eng ko'p zarba berayotgan futbolchi. Ronaldu-chi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Angliya chempionatining joriy mavsumida "Manchester Siti" klubi 44 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Liverpul" 3 ochko farq bilan 2-o'rinni egallab turibdi.
WhoScored bergan ma'lumotga ko'ra, mersisaydliklarning hujum uchligi joriy mavsumda raqiblar darvozasi tomon eng ko'p zarba berayotgan futbolchilar bo'lib turishibdi. Muhammad Saloh 71ta zarba bilan yaqqol peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, Sadio Mane (54) va Diogu Jota (49) keyingi pog'onalarni egallab turishibdi.
"Lids" a'zosi Ravinya 48 zarba bilan 4-pog'onani egallagan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu kuchli beshlikka kirdi (46 zarba).
1. Muhammad Saloh (Liverpul) — 71 zarba;
2. Sadio Mane (Liverpul) — 54 zarba;
3. Diogu Jota (Liverpul) — 49 zarba;
4. Rafinya (Lids) — 48 zarba;
5. Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted) — 46 zarba;
6. Maykl Antonio (Vest Xem) — 44 zarba;
7-8. Leandro Trossard (Brayton) — 41 zarba;
7-8. Jarrod Bouen (Vest Xem) — 41 zarba;
9. Adam Armstrong (Sautgempton) — 40 zarba;
10. Joau Kanselu — (Manchester Siti) — 39 zarba.

Misrlik futbolchi 15ta gol bilan APLda to'purarlar ro'yxatida peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, Diogu Jota 10ta zarba bilan ikkinchi o'ringa joylashgan. Mane hisobida esa 7ta gol mavjud.

Bosh sahifaga
359