Bu natijaga ingliz klublari ichida faqat ular erishgan (3+)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari o'z yakuniga etdi. Bu mavsumdagi o'yinlar ham bir-biridan shiddatkor va qiziq kechdi. Musobaqaning guruh bahslari sentsatsiyalar bilan yodimizda qoldi. "Real Madrid"ning "Sherif"ga mag'lubiyati (Yaxshiboev goli bilan) hamda "Barselona"ning pley-offdan quruq qolgani, shular jumlasidandir. Boshqa tomondan yana bir faktor ko'zga tashlanadi. Bu Angliya klublarining muvaffaqiyatli ishtiroki. Har yili u yoki bu ingliz jamoasi guruh bosqichida qolib ketar edi. Ammo bu yili APLning 4ta klubi ham pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi. Ayniqsa, "Manchester Siti" klubi raqiblariga imkoniyat bermadi. Xususan, "Bryugge"ga qarshi o'yinda ham. Unda Juan Kanseluning o'yini barchani qoyil qoldirgan edi. U o'yinda 3ta assistga muallifik qilgan. Quyida siz bilan EChLda ana shunday uch va undan ortiq assistni bir o'yinning o'zida amalga oshira olgan ingliz klublari a'zolari haqida gaplashamiz.
Kevin De Bruyone ("Man Siti" - "Tottenxem", 17 aprel, 2019 y.)
O'shanda chorak final bahsi edi. Ha, o'yinning umumiy stsenariysiga ko'ra, "Man Siti" mag'lub bo'ladi. Ammo 21 daqiqa ichida urilgan 3ta gol "shaharliklar"ni oldinga olib chiqqan edi. Ushbu gollarning har uchallasiga ham De Bryoyne assistentlik qiladi. Ammo bu gollar etarli bo'lmaydi. Fernando Lorentening hisobni tenglashtiruvchi zarbasi "shporlar"ni mehmondagi gol evaziga keyingi bosqichga olib chiqadi. Lekin De Bryoyne o'z o'yini bilan tarixda qoladi.
Duayt York ("MYu" - "Brondbyu", 21 oktyabr, 1998 y.)
York 1998 yilning yozida "MYu"ga "Aston Villa"dan tashrif buyuradi. Hujumchi debyut mavsumidayoq "qizil iblislar"ni trebl qayd etishida o'z hissasini qo'shgan edi. York "Brondbyu"ga qarshi bahsda 3ta golli uzatmani aniq ijro etib, jamoasi g'alabasini ta'minlaydi (6-2). Uning mavsumdagi umumiy gollari soni esa 29taga etadi.
Rayan Giggs ("MYu - "Roma", 10 aprel, 2007 y.)
Umuman olganda, Giggz EChLning bir o'yinida 3ta assist qayd etgan "MYu"dagi uchta futbolchidan biri edi. Ammo o'sha, "Roma"ga qarshi bahsda u birdaniga to'rtta golli uzatma berib, bu natijani qayd etgan yagona ingliz futbolchisiga aylanadi. Hisob esa 7-1ga etib, "MYu" osongina g'alaba qozonadi.
Xuan Veron ("MYu" - "Deportivo", 10 aprel, 2002 y.)
Xuan Sebastyan Veron ushbu klubda uchta assistga bitta bahsda mualliflik qilgan ikkinchi futbolchi edi. U bu natijaga "Deportivo" 3-2 hisobida dog'da qoldirilgan tunda erishadi. Bu orqali esa "MYu" 2001-2002 yilgi EChL yarim finaliga yo'l oladi.
Andrey Arshavin ("Arsenal" - "AZ Alkmar", 4 noyabr, 2009 y.)
Hatto hozir ham ko'pchilik Arshavinni 2009 yilning aprelida, "Liverpul" maydonida urgan to'rtta goli bilan eslaydi. Ha, o'sha paytlar rus hujumchisi Arsen Venger jamoasining haqiqiy etakchisi edi. Arshavin yanvar oyidagi transferlar bozorida sotib olinadi. Ko'p o'tmay o'z foydasini bera boshlaydi. Uning yana bir ko'rsatgan qahramonligi, EChLning guruh bosqichida niderland klubiga qarshi bajargan uchta assisti edi. Bu orqali "Arsenal" 4-1 hisobida "AZ Alkmaar"ni taslim qiladi.
Jeyms Milner ("Liverpul" - "Spartak Moskva", 6 dekabr, 2017 yil)
Serqirra futbolchi jamoasining hozirgacha etakchisi hisoblanadi. Milner ham EChLda xet-trikli assist qilgan ingliz futbolchisi. Ammo u bu ishni o'yinni yarmidan boshlagan. O'shanda mersisayd jamoasi 7-0 hisobida "Spartak"ni tor-mor etib, 2009 yildan beri ilk marta pley-off bosqichiga yo'l olgandi.
Leroy Sane ("Man Siti" - "Shalke 04", 12 mart, 2019 yil)
Leroy Sane 2019 yilda o'zining sobiq klubini taslim etishda faol qatnashganlardan biri bo'ladi. Nemis futbolchisi o'shanda bitta gol hamda uchta assist bilan o'yinni yakunlaydi. "Manchester Siti" esa umumiy hisobda 10-2 bilan keyingi bosqichga yo'l oladi.
Juan Kanselu ("Man Siti - "Bryugge", 3 noyabr, 2021 yil)
Gvardiolaning mana shu shogirdi so'nggi paytlarda qolganlardan ancha ajralib turibdi. Xususan, noyabr avvalidagi EChL bahsida uchta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoasini 4-1 hisobidagi g'alabasini ta'minlagan edi. Uning Manchester derbisidagi harakatlari ham tahsinga sazovar. Gvardiolaning o'zi esa, APLda yana yakka peshqadamlik qila boshladi.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Bosh sahifaga
321