Sarhisob. 2021 yilda transfer qiymati oshgan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

2021 yil ba'zi klublar va futbolchilar uchun juda ham omadli keldi. Ushbu davrda o'zini ko'rsata olgan futbolchilarning transfer narxi ham sezilarli ravishda o'sganini ko'rdik. Quyida stadion.uz 2021 yilda qiymati ancha yuqorilagan futbolchilar haqida so'z yuritadi.
Erling Holand, "Borussiya": +50 million evro (+ 50%)
Joriy qiymati: 150 million evro
Erling Holand – sayyoramizning eng qimmat futbolchisi. 2021 yilda norvegiyalik futbolchi urgan gollari soni bo'yicha Robert Levandovskidan keyin ikkinchi o'rinda turadi (Mbappe bilan birgalikda). Polyak 69, Holand va Mbappe 49 tadan gol urgan.
Holand barcha grandlar e'tiboriga tushgan. 2022 yilning yoziga qadar unga qiziqish bildirgan klublar soni yana ham oshsa ajab emas. Aynan kelasi yil yozda "Borussiya" forvardni sotish kerak. Chunki ular Erlingning agenti bilan shunga kelishib olishgan.
Ralf Rangnik Erlingning otasi bilan gaplashib, ularni ikkinchi marta uning maslahatiga amal qilishga va “Manchester Yunayted”ga o'tishga ishontirmoqchi. Oldinroq Holandni RB Salzburgga o'tishga Rangnik ko'ndirgan edi.
"Real" 2023 yilning yozida transfer borasida muzokara olib borishga harakat qilmoqda. Ungacha jamoa Karim Benzemaga ishonch bildirmoqchi. Lekin Erling yozda jamoani tark etmoqchi. Buni bartaraf etish uchun “Dortmund” Holandning maoshini 14 million evroga ko'tarishi kerak. Bunga esa "Real Madrid" qandaydir tarzda bilvosita yordam berishi mumkin.
"Barselona" transferni orzu qilmoqda, ammo to'liq shartnoma uchun pulni qanday topishni bilmayapti. La Liga prezidenti Xaver Tebas ham "Barsa" bunday pul topishiga shubha qilmoqda.
Karl-Xaynts Rummenigge Holandning uslubi "Bavariya"ga to'g'ri kelmasligini va umuman Levandovski ajoyib formada yana 2-3 mavsum o'ynay olishini aytmoqda.
"Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti" va PSJ esa har qancha pulga ham havbekni sotib olishga tayyor.
Pedri, “Barselona”: +50 million evro (+ 166,7%)
Hozirgi qiymati: 80 million evro
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda ajoyib 73 o'yin o'tkazdi. 19 yoshli bola uchun juda ajoyib korsatkich. Shuning uchun uning narxi ancha yuqoriladi.
Jud Bellingem, "Borussiya": +48 million evro (+ 177,8%)
Hozirgi qiymati: 75 million evro
Angliyalik futbolchi hayratlanarli darajada tez Bundesligaga (chempionshipdan keyin) ham, «Borussiya»ning asosiy tarkibiga ham (Birmingemdan keyin) moslashdi. Bellingem esa endigina 18 yoshda. Jeydon Sancho ketganidan keyin aynan Jud “Dortmund”ning kelajagi sifatida qaralmoqda.
Florian Virts, “Bayer”: +46 million evro (+ 191,7%)
Hozirgi qiymati: 70 million evro
2021 yilda 18 yoshli Florian Virts bir nechta jarohatlardan tezda tiklanib oldi, shu bilan birgalikda u juda ham samarali o'yin ko'rsatmoqda. Patrik Shik "Bayer"da gol mashinasi bo'lsa, Virts nostandart harakatlar va hujum yaratish uchun javobgardir.
Joriy mavsumda Florian 50 o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'lib record o'rnatdi - 18 yosh, 7 oy va 12 kun.
Jamal Musiala, "Bavariya": +45 million evro (+ 450%)
Hozirgi qiymati: 55 million evro
Bundesliga konveerida yana bir iste'dod. Bu yil Jamal Musiala asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va "Bavariya"da ham maydon markazida, ham hujumga yaqinroq pozitsiyalarni muvaffaqiyatli to'ldira oldi.
Shu tariqa futbolchining transfer bahosi ham yuqoriladi.
Emil Smit-Rou, “Arsenal”: 35,3 million evro (+ 1307,4%)
Hozirgi qiymati: 38 million evro
2020 yilning kuzida Emil Smit-Rou 2,7 million evroga baholangan va iste'dodli futbolchi hisoblangan. Bu yil davomida uning o'yini yanada o'sdi va bu Mikel Artetaning bevosita ta'siri desak bo'ladi.
Markos Lorente, “Atletiko”: +35 million evro (+ 77,8%)
Hozirgi qiymati: 80 million evro
So'nggi o'yinlar "Atletiko" uchun qiyin kechmoqda, ammo bu jamoaning 2021 yildagi darajasiga ta'sir o'tkazmaydi. O'tgan mavsum “Atletiko” La ligada g'oliblikni qo'lga kiritdi va Markos Lorente jamoa etakchilaridan biriga aylandi. Diego Simeone uni qo'lidan kelganini qiladigan va gol uradigan mukammal yarim himoyachiga aylantirdi.
Dushan Vlahovich, “Fiorentina”: +34 million evro (+ 212,5%)
Joriy qiymati: 50 million evro
Fiorentina hujumchisi bir yil davomida barcha turnirlarda 42 ta gol urdi va Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi. Uning hisobida 2021 yilda A seriyada 33 ta gol bor. Albatta, "Fiorentina" Vlahovich uchun o'ynaydi. Ammo uning o'zi ham ko'p ish qila oladi: boshi bilan gol uradi, bo'sh joy qidiradi, uzoqdan zarba yo'llaydi va hatto jarima to'plarini ham golga aylantira oladi.
Qiziq jihati shundaki, unga qiziqayotgan jamoalar ro'yhati Holandni sotib olmoqchi bo'lgan klublarnikidan ko'proq. Chunki "Fiorentina" bilan kelishuvga erishish osonroq va Vlahovichning o'zi ham o'sishga tayyor. Shu bilan birga, ish haqini oshirish ham faol muhokama qilinmoqda. Hatto Rummenigge ham 21 yoshli futbolchi hozirgi jamoasida yana bir-ikki mavsum o'tkazishi kerakligini ochiq aytdi: "Bunday yoshda pul quvish yaxshilikka olib kelmaydi".
Jek Grilish, “Manchester Siti”: +30 million evro (+ 60%)
Hozirgi qiymati: 80 million evro
Jek Grilishning transfer qiymati "Manchester Siti"ga qimmatga tushgan. Futbolchi 117,5 million evroga xarid qilingan. “Shaharliklar”ning ta'siri tufayli Jekning transfer narxi yuqorilab ketgani ham bor gap.
Mirjalol Pardaboev tayyorladi

Bosh sahifaga
330