«UZ Football Awards»-2021. Eldor Shomurodov — O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi yakuniga etdi. Unda eng so'nggi nominatsiya bo'yicha g'olib nomi e'lon qilindi. O'FA prezidenti Abdusalom Azizov O'zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Husain Norchaev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov mazkur sovrinning yakuniy nomzodlari uchligidan o'rin olishgandi.
Jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi va «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi» sovrini bilan taqdirlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351