«UZ Football Awards»-2021. Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo'lib o'tmoqda. Navbat ayollar futbolida o'zlarini namoyish etgan murabbiy va o'yinchilarga keldi.
«O'zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi»
Yosh iqtidorlarni katta futbolga etkazib berishda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan mutaxassis Ilhom Hanjariev «O'zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi» sovrini bilan taqdirlandi.
«Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi»
«Bunyodkor» ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini munosib qilgan futbolchi, jamoa etakchilaridan biri Dildora Nozimova «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» sovrini bilan taqdirlandi.

Bosh sahifaga
353