«UZ Football Awards»-2021. Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi va yosh futbolchisi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo'lib o'tmoqda. Navbat yoshlar futbolida o'zlarini namoyish etgan murabbiy va o'yinchilarga keldi.
«O'zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi»
Bir necha yildan buyon AGMK U-21 jamoasi bilan sovrinli o'rinlar uchun kurashib kelayotgan mutaxassis, ushbu mavsumda jamoasi bilan tarixda ilk bor U-21 chempionati g'olibiga aylangan A'zam Sherg'oziev «O'zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi» sovrini bilan taqdirlandi.
«Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi»
2021 yil ko'plab yosh futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Terma jamoalar tarkibida va chempionat o'yinlarida o'zlarining iqtidorlarini namoyish eta olgan — Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov va Husain Norchaev yakuniy nomzodlarning uchligidan o'rin oldilar.
Jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, O'zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda «Nasaf» klubi futbolchisi Husain Norchaev «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovriniga munosib deb topildi.

Bosh sahifaga
347