«UZ Football Awards»-2021. Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo'lib o'tmoqda. Superliganing eng yaxshi to'purari, Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar e'lon qilindi.
«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi to'purari»
«Paxtakor» bilan birgalikda musobaqa chempioniga aylangan, jamoaning etakchi futbolchilaridan biri — Dragan Cheran chempionat to'purariga aylandi.
«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi»
Coca Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va O'zbekiston Superkubogi g'olibi — Piter Xyuistra «Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi» deb topildi.
«Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi»
Joriy mavsumda «Nasaf» safida 26 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan futbolchi, O'zbekiston kubogi sohibi Husain Norchaev «Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» deb topildi.

Bosh sahifaga
345