«UZ Football Awards»-2021. Ayollar futboli. Yilning eng yaxshi to'purari, murabbiyi va o'yinchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo'lib o'tmoqda. Hozirgina ayollar bo'yicha eng yaxshi to'purar, yilning yaxshi murabbiyi va o'yinchisi sovrinlari o'z egalariga topshirildi.
Ayollar futboli bo'yicha «Oliy Liga to'purari»
Diyora Habibullaeva "So'g'diyona-W" jamoasi safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bu borada u 31 ta gol urgan ganalik jamoadoshi Fuseyna Mumuni hamda 30 ta gol urgan "Bunyodkor-W" a'zosi Dildora Nozimovani ortda qoldirishga erishdi.
Ayollar futboli bo'yicha «Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi»
Sherali Boboqulov ushbu mavsumda «Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi» sovriniga loyiq deb topildi. U «So'g'diyona-W» jamoasi bilan birgalikda Oliy Liga oltin medali va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.
Ayollar futboli bo'yicha «Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi»
O'zbekiston ayollar terma jamoasi etakchilaridan biri, «So'g'diyona-W» jamoasi va chempionat to'purari Diyora Habibullaeva ushbu mavsumning «Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi» deb topildi.

Bosh sahifaga
349