"Real" darvozaboni Angliyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Nyukasl" "Real" darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "El Nacional".
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" agar futbolchi uchun sarflagan pulini qoplaydigan taklif tushsa, 22 yoshli ukrainalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Madridning “Real” klubi Luninni 2018 yilning yozida “Zarya”dan 8,5 million evroga sotib olgandi.
Lunin butun vaqt davomida "Real Madrid"ning asosiy jamoasida atigi bitta o'yin o'tkazgan, 2020/21 yilgi mavsumda u Ispaniya kubogining uchinchi bosqichida "Alkoyano"ga qarshi o'ynagan (1:2 OT). Transfermarkt.com portali ukrainalikning narxini 3 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356