Odil Ahmedov O'FA vitse-prezidenti etib tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O'FA vitse-prezidenti lavozimi hamda O'FA Ijroiya qo'mitasining a'zoligiga tasdiqlandi.
Shuningdek, O'FA Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga quyidagilar tasdiqlandi:
— O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Shaabduraxmonov Rustam Mavzurovich,
— O'zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi o'rinbosari Karimov Avaz Qudratullaevich,
— «O'zbekneftgaz» Aktsioner Jamiyati Boshqaruv raisi Abdullaev Mehriddin Razzoqovich,
— O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kamilov Kozimjon Fozilovich,
— O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjaev Alisher Jo'raqulovich.

Bosh sahifaga
347