Suares Braziliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Atletiko" hujumchisi Luis Suares yaqin orada boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
"UOL Esporte" tarqatgan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchiga Braziliyadan taklif tushgan. Urugvaylik futbolchining xizmatlariga "Korintians" klubi qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoa Suaresni aprel oyiga qadar arzon narxda sotib olishni rejalashtirmoqda. Boisi, futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Madridliklar Luis bilan hamkorlikni uzaytirishmoqchi emas.
Suares joriy mavsumda "Atletiko" safida barcha musobaqalar doirasida 24ta o'yinda ishtirok etib, 8ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. "Transfermarkt" portali uni 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356