Patrik Vieyra transferlar oynasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Patrik Vieyra yanvar oyidagi transferlar oynasi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Bu davrda klublar kerakli futbolchilarni topishi qiyin kechadi. Ammo biz koronavirus yuzaga keltirgan vaziyatga qaramasdan, harakatdan to'xtamaymiz. Biz o'z tarkibimizni kuchaytirish ustida ishlamoqdamiz. Shu sababdan yanvarda faqatgina jamoani kuchaytirishiga ishonadigan nomzodlarimizni olib kelishni reja qilganmiz".
Eslatib o'tamiz, "burgutlar"ning keyingi bahsi "Tottenxem"ga qarshi kechadi. Vieyra jamoasi birinchi davrada "shporlar"ni 3-0 hisobida mag'lub qilgan edi.
Manba: football.londonFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356