Arturning oldida ikkita yo'l bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Artur faoliyatini Angliya yoki Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchini o'z safiga "Arsenal" va "PSJ" klublari qo'shib olmoqchi.
"Keksa senora" 25 yoshli yarim himoyachini ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berishga tayyor.
Joriy mavsumda Artur “Yuventus” safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Uning bozor qiymati 35 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352