"Bavariya" "Barselona" himoyachisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" himoyachisi Serjino Destni maqsad qilgan. Bu haqda Germaniyaning Sport1 nashri xabar bermoqda. Futbolchining Myunxen klubiga o'tishi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.
"Bavariya" bir qancha top-klublar bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi. Destning xizmatlariga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Dest 30 million evroga baholangan (Transfermarkt). Joriy mavsumda futbolchi 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414