"Nyukasl"ga endi MYu futbolchisi kerak emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Hakkalar" "Manchester Yunayted" hujumchisiga bo'lgan qiziqishini yo'qotdi.
"Football Insider" xabariga ko'ra, "Nyukasl" frantsiyalik Antoni Marsyal uchun rejalarini o'zgartirdi. Avvalroq klub joriy mavsum oxirigacha futbolchini ijaraga olmoqchi edi, biroq klub bu kelishuv uchun taxminan 7 million evro to'lashga tayyor emas.
Ma'lumot uchun, hujumchi 2015 yildan beri "Manchester Yunayted"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda u Premer-liganing 7 o'yinida bitta gol urdi. Frantsiyalik futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
470