Mutaxassis Kountinoning "Liverpul"ga o'tishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Jurnalist va transferlar mutaxassisi Jeyms Pirs Filipe Koutino bilan bog'liq xabarlarga izoh berdi. U yanvarda braziliyalikning "Liverpul"ga qaytishi haqida shunday deydi:
"Men bunday deb o'ylamayman. Hattoki, "Barselona" uni tekinga bergan taqdirda ham, ijara asosida bo'lsa ham Koutino "Enfild"ga bormaydi. Buning bir tomoni uning "Liverpul"ni yomon vaziyatda tashlab ketgani bilan bog'liq. Jamoa shundoq ham yaxshi o'ynayapti. Shu sabab Kloppga Koutino kerak emas. Umuman olganda, "Liverpul" yanvarda qandaydir futbolchi sotib oladi deb o'ylamayman. Klopp usiz ham yaxshi eplaydi".
Eslatib o'tamiz, Koutino uchun "Everton" hamda "Inter" qiziqish bildirgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
470