"Arsenal" futbolchisi Nketia APLning bir nechta klubi qiziqish doirasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Arsenal" hujumchisi Edvard Nketiya faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi The Mail.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli angliyalik futbolchiga "Vest Xem", "Kristal Pelas" va "Brayton" da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq, futbolchi o'yin amaliyotiga kafolat yo'qligi sababli London klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.
Nketia joriy mavsumda “Arsenal” safida 6 ta o'yin o'tkazdi va Angliya kubogining uchta o'yinida 5 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
471