Pep Gvardiola APLdan keskin norozi ekanini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola APL qo'llayotgan siyosatdan norozi ekanini bildirdi. U bu haqida shunday deydi:
"Futbolchilar va murabbiylar birlashib, amaliy harakat qilishimizga to'g'ri kelmoqda. Chunki ular uchun quruq gapning o'zi etarli bo'lmayapti.Bu vaziyat hal qilinishiga ko'zim etmaydi. FIFA, UEFA hamda Premer-liga uchun futbolchilar sog'ligi, omonligidan ko'ra, biznes muhim! Bu erda hamma o'zi uchun qaror qabul qiladi. Biz futbolchilar sog'lig'ini o'ylab gapirsak, o'yinchilar assotsiyatsiyasi e'tibor qaratar. Balki, shunda boshqa tashkilotlar ham bizni o'ylar. Ammo hozir bunday bo'lmayapti".
So'nggi paytlarda koronavirus bilan bog'liq muammolar sabab, APLning ayrim o'yinlari qoldirilgan edi. Ayrimlari esa, muammo borligiga qaramay, o'tkazishga majbur qilingan. Bu esa Gvardiola va Klopp kabi murabbiylarning e'tiroziga sabab bo'lmoqda.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
468