Yoaxim Lyov Turkiya klubidan taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyovga “Fenerbaxche”ni boshqarish taklifi tushdi, deb yozadi italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'z Twitter sahifasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassisga 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilingan. Klub tez orada murabbiydan ijobiy javob olishiga umid qilmoqda.
Ma'lumot uchun, 61 yoshli Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Jamoa bilan birgalikda u Jahon chempionati va Konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritdi, Evropa chempionatining kumush medali, Evropa va jahon chempionatlarining bronza medali sovrindori bo'ldi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
470