"Bavariya" 50 million evroga APLdan hujumchi xarid qilyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Angliyaning "Lids" klubi etakchilaridan biri Rafinya faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi. Bu haqda "TNT Sports Brasil" xabar tarqatdi.
Ma'lum bo'lishicha, kelishuv summasi taxminan 50 million evroni tashkil qiladi va transfer qishki transfer oynasida amalga oshadi.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli braziliyalik futbolchi 2020 yilning oktyabr oyidan buyon "Lids"da to'p surmoqda. U joriy mavsumda APLda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida tugaydi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384