"Real" Xoland uchun qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni sotib olmoqchi, deya xabar beradi "Bild".
Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi yozgi transferlar vaqtida futbolchini sotib olishga harakat qiladi. O'sha vaqtda Xolandning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi. Madrid klubi esa buni to'lashga tayyor. Shu bilan birga, avvalroq "Manchester Siti" Erling uchun xuddi shuncha summani to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.
Joriy mavsumda 21 yoshli norvegiyalik forvard “Borussiya” safida 16 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uni 150 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368