"Vest Xem" ukrainalik futbolchisidan qutilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Londonning "Vest Xem" klubi qishki transfer bozori haqida bosh qotirmoqda.
Evening Standard nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, rahbariyat kelasi yilning yozida shartnomasi yakuniga etadigan Andrey Yarmolenkoni sotib yuborish niyatida.
Umuman olganda "bolg'achilar" Andreyning transferidan katta miqdorda mablag' ishlay olmasliklarini tushunib turibdi, biroq, Andeyning jamoani tark etishi oylik-maoshlar uchun oz bo'lsada yordam bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum ukrainalik futbolchi londonliklar tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385