De Yong "Barselona"dan ketmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lyuk de Yong yaqin vaqtlar ichida faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi haqida rasmiy xabar beriladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Niderlandiyalik 31 yoshli hujumchining keyingi jamoasi - Ispaniyaning "Kadis" klubi bo'ladi.
Huquqiy jihatdan "Sevilya" klubiga tegishli bo'lgan de Yong borasida "Barselona" 2022 yilning 30 iyun sanasigacha tuzilgan ijara shartnomasini muddatdan oldin buzish haqida so'ragan.
Shu tariqa, niderlandiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini "Kadis" tarkibida ijara asosida o'tkazadi.
Joriy mavsum Lyuk La Ligada 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388