"Yuventus" "Arsenal"dan ijobiy javob kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Sky Sports nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Turinning «Yuventus» klubi o'z yarim himoyachisi Arturning xizmatlarini Londonning "Arsenal" klubiga taklif etgan.
Xabarda yozilishicha, «Yuventus» «Arsenal»dan ijobiy javob kelishiga umid qilmoqda.
25 yoshli Artur 2020 yili 72 million evro evaziga "Barselona"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsum braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda "keksa sinora" tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Arturning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381