"Barselona" "Vest Xem" bilan kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"Real Sosedad"ning belgiyalik vingeri Adnan Yanuzay faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi kutilmoqda.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, belgiyalik yarim himoyachining faoliyatini yanvardayoq boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Yanuzayga hozirda "Barselona" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli Adnan Yanuzay 2017 yilning yozidan buyon ispan jamoasida to'p surmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384