"Inter" tekinga zo'r hujumchi bilan shartnoma tuzadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Inter" "Torino" hujumchisi Andrea Belottini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Il Giornale" xabariga ko'ra, milan klubi futbolchini yozda erkin agentga aylanganda o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum yakunida "Torino"ni tark etishga qaror qilgan. "Neradzurri"lar esa ushbu vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Belotti 2021/22 yilgi mavsumda Turin klubi safida barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373