"Arsenal" A Seriyadan futbolchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Arsenal" "Bolonya" yarim himoyachisi Mattias Svanbergga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi "Il Resto del Carlino".
Manbaga ko'ra, ehtimoliy transfer "kanonirlar"ga taxminan 20 million funt sterlingga tushishi mumkin. Xabar qilinishicha, 22 yoshli shvetsiyalik futbolchi boshqa jamoalarning takliflarini tinglamoqchi bo'lgani uchun klubi bilan amaldagi shartnomani qishki transfer oynasi oxirigacha uzaytirish bo'yicha muzokara olib borishdan bosh tortgan.
2021/22 yilgi mavsumda Svanberg "Bolonya" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt.com futbolchini 10,8 million funtga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368