Gazizov O'runovning transferi bo'yicha o'tkaziladigan tekshiruv bo'yicha fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

«Ufa» bosh direktori Shamil Gazizov «Spartak»da ishlagan paytda u amalga oshirgan 2ta transfer borasida tekshiruv o'tkazilishiga o'z munosabatini bildirdi.
Avvalroq "Spartak" xo'jayini Leonid Fedun klub tomonidan amalga oshirilgan Kokorin va Oston O'runovning transferlarida Gazizov qo'lga kiritgan komission mablag'lar borasida tegishli organlarga murojaat qilishini aytgandi.
«Nihoyat Leonid Fedun men bilan muloqot qila boshladi. Ammo, afsuski, bu ishni matbuot orqali qilmoqda. «Spartak» amalga oshirmoqchi bo'lgan har qanday tekshiruv — bu ularning huquqi. Men yashiradigan hech narsa yo'q», – dedi Gazizov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311