«Liverpul» yangi shartnoma orqali Salohga rekord miqdordagi maosh to'lashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

«Liverpul» hujumchi Muhammad Salohni Yangliya premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin.
29 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilnngi yozida yakuniga etadi. Mersisaydliklar hozirda Saloh bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borishmoqda.
"ESPN" tarqatgan xabarga ko'ra, "Liverpul" yangi shartnoma orqali Muhammadning haftalik maoshini 592 ming evroga etkazishi mumkin. Bu esa APL uchun eng yuqori maosh hisoblanadi.
Misrlik futbolchi 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 24ta o'yinda ishtirok etib, 22 gol va 9 assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308