Igor Sergeev Qozog'iston chempionatida yilning eng chiroyli goli muallifiga aylandi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Qozog'iston professional futbol ligasi mavsum-2021ning eng chiroyli golini e'lon qildi.
Igor Sergeev tomonidan "Aktobe" safida Premer-liganing 4-turi doirasida "Ordabasi" darvozasiga urilgan gol ushbu sovringa munosib deb topildi. O'zbekistonlik futbolchi maydonning o'z jamoasiga tegishli qismidan zarba berganidan so'ng to'p posbonning ustidan oshib o'tib, to'rga borib tushdi.
Eslatib o'tamiz, Sergeev davralar oralig'ida "Tobol" safiga o'tib, Qozog'iston chempioniga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312