Futzal. Birinchi davra yakuniga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
52
Jizzaxdagi “So'g'diyona” sport majmuasida uch kun davom etgan futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 4-tur, bir paytning o'zida birinchi davra o'yinlari nihoyasiga etdi.
O'n turdan beri hech bo'lmasa bir ochko orzusida bo'lgan “Stroitel-Zarafshon” jamoasi nihoyat niyatiga etdi. Vaholanki, zarafshonliklar nafaqat bir ochko, balki uch ochko ishlashga ham yaqin edilar. “Dinamo”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida ikkita to'p farqida oldinda bo'lgan mazkur jamoa ikkinchi bo'limning so'nggi ikki daqiqasida ikkita gol o'tkazib yuborib tayyor g'alabani boy berdi. “Dinamo” a'zosi Muhammad Rajabov qaysidir ma'noda o'yin “qahramoni” bo'ldi – gol urdi, penaltini bajara olmadi, kamiga sariq kartochka bilan ham jazolandi.
Kecha AGMKga engilgan “Lokomotiv” esa “bor alamini” bugun “Nasaf”dan oldi. Raqib jamoa darvozasiga kiritilgan o'n bitta goldan to'rttasi chempionat to'purarlar ro'yxatida birinchida borayotgan Akbar Usmonovga tegishli bo'ldi.
“Metallurg” “Navbahor”ni qiyinchiliksiz enga oldi, “Huaxin-Jizzax” ham “Neftchi”ni yirik hisobda ortda qoldirdi. E'tiborli jihati, jizzaxliklar tarkibida jamoa hujumchisi, viloyat hokimi Ergash Salievning to'p surganligi bo'ldi. 66 yoshni qarshilagan Ergash Alibekovich shu yoshda ham maydonda qanday o'ynash kerakligi bo'yicha yoshlarga o'rnak ko'ratdi.
Futzal. Oliy liga
Jizzax. “So'g'diyona” s.m. 4-tur.
Uchinchi kun. 24 dekabr, juma
STROITEL'-ZARAFShON – DINAMO – 2:2 (1:0). 20 tomoshabin.
Hakamlar: Farruh Muzaffarov, Askarbay Arzibekov, Jahongir Allaev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Jo'rabek Yo'ldoshev (4), Shuhrat Ma'murov (27) – Muhammad Rajabov (39), Ikrom Karimov (40)
Amalga oshirilmagan penalti: Muhammad Rajabov (38, “Dinamo”)
Ogohlantirishlar: Ravshan Tolibov (16), Artyom Graborskiy (38) - Muhammad Rajabov (13), Ibrohim Ibrohimov (40), Alirizo Husanov (40), Anvar Nosirov (40, murabbiy).
LOKOMOTIV – NASAF – 11:3 (4:1). 29 tomoshabin.
Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Umid Po'latov, Farruh Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Jamoliddin Normirzaev (10, 26), Dilmurod Shavkatov (11), Akbar Usmonov (17, 20, 29, 38), Amirjon Sa'dullaev (24), Ravshanbek Asqarjonov (26), Temur Sadirov (30), Sevastyan Mojaev (35) – Jasur Xalimov (19), Sanjarbek Elmamatov (32), Xurshid Rahmonov (40)
Ogohlantirish: Boburbek Ergashev (19) – yo'q.
HUAXIN-JIZZAX – NEFTChI – 5:1 (4:0). 150 tomoshabin.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Ziyovuddin Erkinov, Shavkat Muhitdinov
Nazoratchi: Sherqul Allaev
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Davron Choriev (15, 20, 20), Husniddin Nishonov (19), Anasxon Rahmatov (25) – Ilhomjon Abdug'aniev (27)
Ogohlantirish: Husniddin Nishonov (35) - yo'q.
METALLURG – NAVBAHOR – 4:2 (2:1). 39 tomoshabin.
Hakamlar: Nikita Afinogenov, Jahongir Allaev, Ziyovuddin Erkinov
Nazoratchi: Sherqul Allaev
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Temur Saydullaev (4), Islombek Biyto'raev (7, 20-o'z darv., 34), Ilhom Rajabov (39) – G'ulom Mamajonov (28)
Ogohlantirishlar: Yo'q – Ahmadxon Mamadaliev (22), Dovudxon Sadriddinov (29), Hakimjon Abdurashidov (40), A'zam Matvaliev ( o'yindan keyin).
Manba: pfl.uz
Bosh sahifaga
314