Errera: «Messi – eng zo'ri, Mbappe esa undan o'rganmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"PSJ" yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshlari — Lionel Messi va Kilian Mbappe haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz Messini qo'llab-quvvatlashimiz va u o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishi uchun qo'limizdan kelgancha yordam berishimiz kerak. Masalan, «Manchester Siti»ga qarshi uy uchrashuvida bo'lgani kabi. Messiga qulay sharoit yaratilsa, u jamoaga maksimal foyda keltiradi.
Mbappe – jahon futbolining kelajagi. Vaqti kelib u eng yaxshi futbolchiga aylanadi. Hozir esa Leo — eng zo'ri. Mbappe juda kamtar yigit va Leodan o'rganishga harakat qilmoqda», - dedi Errera.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314