"Spartak" xo'jayini: O'runovning transferi bo'yicha tegishli organlarga murojaat qilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Moskvaning «Spartak» klubi xo'jayini Leonid Fedunning fikricha, klubning sobiq bosh direktori Shamil Gazizovning amalga oshirgan ayrim transferlari borasida tegishli organlarga murojaat qilmoqchi.
«Kokorin va O'runovlarning transferi bo'yicha agentlik komissiyalarining qonuniyligini o'rganish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz. Gazizovning o'zi klub bilan uzoq yil birga ishlash o'rniga, ushbu transferlardan tezroq mo'maygina daromad ishlab olishni afzal ko'rdi», — dedi Fedun «Chempionat» portali jurnalisti Maksim Paxomov bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312