100 million evrolik daxshatli uchlik, top-50da ham yo'q Ronaldu. APL futbolchilari yangilangan narxlari e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

“Transfermarkt” Premer-liganing eng qimmat futbolchilarining yangilangan reytingini e'lon qildi.
Kuchli uchlikdan har biri 100 million evro turadigan hujumchilar Muhammad Saloh (“Liverpul”), Romelu Lukaku (“Chelsi”) va Harri Keyn (“Tottenxem”) joy oldi. Shu bilan birga, Keynning narxi avvalgi reytingga nisbatan 20 millionga pasaygan.
4-5-o'rinlarni yarimhimoyachilar Bruno Fernandesh (“Manchester Yunayted”) va Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) band etishdi- har biri 90 million evrodan.
6-9-o'rinlarni hujumchilar Markus Reshford (“Manchester Yunayted”), shuningdek, yarimhimoyachilar Jeydon Sancho (“Manchester Yunayted”), Filipp Foden va Raxim Sterling (ikkalasi “Manchester Siti”) egalladi - har biri 85 million evrodan.
10-13-o'rinlarni hujumchilar Sadio Mane (“Liverpul”) va Son Xin Min (“Tottenxem”), shuningdek, yarimhimoyachi Jek Grilish (“Manchester Siti”) va himoyachi Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”) bo'lishdi - har biri 80 million evrodan.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu reytinda 64-76-o'rinlar oralig'idan joy olgan. Uning qiymati 35 millionga baholangan.
Yuqorida aytib o'tilganlardan tashqari, “Manchester Yunayted”ning bir qator o'yinchilarining narxi Ronaldudan yuqori baholangan, xususan, himoyachi Rafael Varan (65 million), yarimhimoyachi Pol Pogba (55 million), hujumchi Meyson Grinvud (50 million), himoyachilar Garri Maguayr ( 48 million), Lyuk Shou (42 million) va Aaron Uan-Bissaka (38 million),
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
253