PSJ futbolchilarining Mbappega sovg'asi nimani anglatadi? Errera javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Bir necha kun avval "Pari Sen-Jermen" futbolchilari jamoa hujumchisi Kilian Mbappening tug'ilgan kunida unga 2050 raqamli futbolka sovg'a qilishdi. Yarim himoyachi Ander Errera ushbu sovg'a hech narsaga ishora qilmasligini aytdi.
"2050 yozuvli futbolka? Bu shunchaki o'rtamizdagi hazil, biz Mbappening kelajagi uchun unga bosim o'tkazmaymiz", - dedi Errera.
Eslatib o'tamiz, Kilian va PSJ o'rtasidagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Unga "Real" asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248