Ingliz jurnalisti: "Silva Kichik Osiyodan yaxshi taklif olgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Transferlar mutaxassisi Yan MakGarri so'zlariga ko'ra, "Chelsi" himoyachisi Tiagu Silva Turkiyadan yaxshi taklif olgan. U bu haqida shunday deydi:
"Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Silva Kichik Osiyodan juda ham qulay hamda anchagina katta maoshli taklif olgan. Albatta, moliyaviy tomonlama bu futbolchini o'ziga jalb qiladi. Chunki u erda soliqlar ko'p emas. Qolaversa, ligada ham raqobatga kuchli deya olmayman. Ammo Tiagu Silvaning o'zi juda ham kurashuvchan futbolchi. Shu sabab APLda qolishni afzal ko'rsa kerak".
Eslatib o'tamiz, Silva o'tgan mavsumda "PSJ"dan olib kelingan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279