"Bavariya" yarim himoyachisi "Barsa"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Barselona" "Bavariya" yarim himoyachisi Korantin Tolissoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi "El Nacional".
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli frantsiyalik futbolchini 2022 yilning yozida erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtiryapti. Yarim himoyachining o'zi iyul oyida shartnoma muddati tugagach, "Bavariya"ni tark etish niyatida.
2021/22 yilgi mavsumda Tolisso “Bavariya” safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Oldinroq futbolchiga "Real" ham da'vogar ekani xabar qilingandi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297