"Milan" niderlandiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Lill" himoyachisi Sven Botman "Milan"ga o'tishi mumkin.
Italiya klubi sport direktori Frederik Massara futbolchining agenti bilan bog'lanib, transfer masalasini muhokama qildi.
"Rossonerilar" futbolchini 1-2 million evroga ijaraga olmoqchi. Shuningdek, 25 millionga sotib olish imkoniyati ham mavjud. "Lill" futbolchi transferi uchun 30 million evro talab qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Botman joriy mavsumda Liga 1da 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280